Hodisalar

Toshkentda 53ta mashinani ijaraga olib sotib yuborgan firibgar qoʻlga olindi

© Sputnik / Igor Russak / Fotobankka oʻtishNa avtostoyanke vozle zavoda General Motors
Na avtostoyanke vozle zavoda General Motors - Sputnik Oʻzbekiston
Firibgar 2016 yil mart oyidan 2016 yil iyun oyiga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida 53 nafar fuqaroga tegishli boʻlgan avtoulovlarni qoʻlga kiritganligi aniqlangan

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. 2016 yilning 30 may kuni Atabek Mamirbekov Mexroj Mahmudovning ishonchiga kirib, unga tegishli boʻlgan "Lasseti" avtoulovini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib, keyinchalik Sherzod Shorahmedovga 9000 AQSH dollariga sotib yuborgan va olgan pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oʻzbek militsiya xodimlari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent IIB firibgarlardan ehtiyot boʻlishga chaqirdi

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Mamirbekovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, yaʼni oʻzganing mulkini aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida, Mamirbekov 2016 yil mart oyidan 2016 yil iyun oyiga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida firibgarlik yoʻli bilan 53 nafar fuqaroga tegishli boʻlgan avtoulovlarni qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala