"Antiterror-2017": Maxsus kuchlar Dushanbedagi telemarkazni ozod qildi

© SputnikRossiysko-tadjikskie ucheniya na poligone Faxrabad
Rossiysko-tadjikskie ucheniya na poligone Faxrabad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Tojikiston davlat xavfsizlik qo‘mitasi rahbarligida antiterror mashg‘ulotlarining ikkinchi qismi boshlanadi

TOShKENT, 31-may — Sputnik, Mariya Sheludakova. Dushanbeda MDH xavfsizlik va maxsus xizmatlari organlari rahbar tarkibining yig‘ini ochildi. Tojikiston poytaxtiga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Rossiya davlatlari delegatsiyalari yetib keldi.

"Oldinda bizni tig‘iz uch kun kutib turibdi. "Dushanbe-Antiterror-2017" hamkorlik mashg‘ulotlari uchrashuvimizning asosini tashkil qiladi, — dedi MDH Antiterror markazi rahbari Andrey Novikov.

Demonstratsionnie ucheniya po likvidatsii posledstviy chrezvichaynix situatsiy - Sputnik O‘zbekiston
Maxsus xizmat xodimlari Buxoro vokzalida "terrorchilarni" zararsizlantirdi

Bugun Tojikiston davlat xavfsizlik qo‘mitasi rahbarligida mashg‘ulotlarning ikkinchi qismi boshlanadi. Maxsus xizmatlar terrorchilarga qarshi operatsiyani namoyish etadilar: telemarkazni ozod qiladilar. O‘quv mashqlari Rossiya va Tojikiston kuch tizimlarining respublika hududiga bostirib kirgan shartli jangarilarni yo‘q qilish bilan yakunlanadi. Antiterror mashqlarining birinchi bosqichi 23-26 may kunlari o‘tkazildi.

Ishtirokchi davlatlarning operativ bo‘linmalari shartli terrorchilik tashkilotlariga jalb etish bilan shug‘ullanadigan shartli yollovchilarga qarshi o‘zaro chora-tadbirlarni amalga oshirdilar. Bundan tashqari, ular IP-trafikni hamda ijtimoiy tarmoqlarda yollovchi resurslarni aniqlaydigan qurilmani sinovdan o‘tkazdilar.

Shimolda terrorizm tahdidi yuqoriligicha qolmoqda va MDH Antiterror markazi mashg‘ulotlarining miqyosi Hamdo‘stlik mamlakatlari xavfsizligini ta’minlash uchun terrorizmga qarshi kurashning qat’iyligini bildiradi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Tojikiston mudofaa vaziri Shirali Mirzo MDHning barcha mamlakatlari oldida o‘xshash vazifalar turganini va terrorizmga qarshi kurashda yagona yondashuv rivojlanayotganligini ta’kidladi.

"Chegaralarimiz yaqinidagi vaziyat murakkabligini saqlab turibdi va bu tahdidga qarshi faqatgina birgalikda kurashish mumkin", — dedi vazir.

Yangiliklar lentasi
0