GM Uzbekistan “shapka” so‘rayotgan dilerlar haqida xabar berishni so‘radi

© Foto : janeb13Rukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan ishlab chiqarayotgan barcha avtomobillar 1-iyundan boshlab O‘zbekiston ichida milliy valyutada sotila boshlaydi.

TOShKENT, 30-may — Sputnik. GM Uzbekistan o‘zining rasmiy sayti orqali qilgan murojaatida xaridorlardan avtomobil xarid qilish jarayonida yuz berayotgan qonunbuzarliklar haqida xabar berishni so‘radi.

"Hurmatli xaridorlar, avtomobil sotib olish jarayonida diler korxonalari tomonidan qo‘shimcha pul talab qilish yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, GM Uzbekistan ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz: +998 71 147-14-14", – deyilgan kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz,  1 iyundan boshlab GM Uzbekistan ishlab chiqarayotgan barcha avtomobillar O‘zbekiston ichida milliy valyutaga sotilishi kerak. Ayni kunlarda GM Uzbekistan salonlarda mavjud bo‘lgan avtomobillarni inventarizatsiya qilmoqda (sanab chiqmoqda). 1-iyundan boshlab so‘mda shartnomalar tuzish boshlanadi.

Oldin AQSh dollarida tuzilgan shartnomalar shartlari o‘zgarmasdan ijro etiladi.

Yangiliklar lentasi
0