O‘zbek pianinochisi Londonni yana bir bor lol qoldirdi

© Foto / Sherzod IkramutdinovDirijer Valeriy Gergiyev i pianist Bexzod Abduraimov
Dirijer Valeriy Gergiyev i pianist Bexzod Abduraimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik 27 yoshli pianinochi jahon sahnalarida chiqishlar qilib keladi va Yevropada allaqachon tanilib ulgurgan

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Yosh va iste’dodli o‘zbek pianinochisi Behzod Abduraimov o‘z mahorati bilan Britaniya poytaxtini yana bir bor lol qoldirdi, deb xabar bermoqda "Jahon" AA.

Londondagi mashhur Trafalgar maydonida BMW London Symphonic Orchestra Open Air Classics — Germaniya avtokonserni va London simfonik orkestrining qo‘shma loyihasi bo‘lib o‘tdi.

Xudojestvenniy rukovoditel Mariinskogo teatra Valeriy Gergiyev - Sputnik O‘zbekiston
Valeriy Gergiyev va Behzod Abduraimov Toshkentda konsert berishadi

O‘n minglab tomoshabinlar qarshisida taniqli dirijor Valeriy Gergiyev rahbarligidagi simfonik orkestr Sergey Raxmaninov asarlariga bag‘ishlangan kompozitsiyalarni ijro etdi. Behzod Abduraimovning chiqishi loyihaning bezagi bo‘ldi.

BMW Group va London simfonik orkestri o‘zbek pianinochisining chiqishiga shunday baho berdi: "Behzod Abduraimov tomonidan taqdim etilgan musiqa barchaning ko‘nglini zabt etganiga ishonchimiz komil. Behzod kabi iste’dodlar nafaqat ijobiy his-tuyg‘ular baxsh etadi, balki sayyoramizda tinchlik va do‘stlikni targ‘ib etadi".

O‘zbekistonlik 27 yoshli pianinochi jahon sahnalarida chiqishlar qilib keladi va Yevropada allaqachon tanilib ulgurgan. U 1990-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 5 yoshidan fortepiano chalishni o‘rgangan, so‘ngra Viktor Uspenskiy nomidagi respublika maxsus musiqa akademik litseyida tahsil olgan.

Behzod 2009-yilda Londonda o‘tkazilgan xalqaro fortepiano tanlovida g‘olib bo‘lgan. O‘shandan buyon u bilan Harrison & Parrot musiqa agentligi hamkorlik qilib keladi.

2012 yilda B.Abduraimov "Debut CD-albomi uchun" va Monpelyeda o‘tkazilgan Radio France festivalining shov-shuvli chiqishi mukofotlariga sazovor bo‘lgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0