Sirdaryoda muhtojlarga nogironlar aravachalari va tikuv mashinalari topshiriladi

© FacebookV Sirdarye nujdayushim dayetsya invalidnie kresla i shveynie mashinki
V Sirdarye nujdayushim dayetsya invalidnie kresla i shveynie mashinki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryoda muhtojlarga nogironlar aravachalari va tikuv mashinalari topshiriladi

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tadigan sayyor qabullarda 60dan ziyod nogironlar aravachasi va 100 dona tikuv mashinalari topshiriladi. Bu haqda Feysbukdagi "Xalq bilan muloqot" guruhi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 1-3 iyun kunlari Sirdaryo viloyatida sayyor qabullar davomida murojaat etgan muhtoj fuqarolarga prezident topshirig‘iga binoan beg‘araz asosda 60dan ziyod nogironlar aravachasi hamda 100 dona tikuv mashinalari topshiriladi.

Ilgariroq Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan sayyor qabullarda muhtoj fuqarolarga tikuv mashinalari topshirilgani haqida xabar bergandik.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0