Migratsiya

Rossiyada ishlayotgan migrantlarning staji va pensiya taʼminoti muhokama qilindi

© facebookDelegatsiya Rostruda posetila Uzbekistan
Delegatsiya Rostruda posetila Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya bandlik va mehnat federal xizmati vakillari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Rossiya bandlik va mehnat federal xizmati rahbari oʻrinbosari Mixail Ivankov boshchiligidagi delegatsiya (Rostrud) Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Rostrud vakillari Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlarning oʻz vaqtida ish haqlarini olishlari, ish vaqtida jarohatlanganlarning huquqlarini himoya qilish, ish beruvchilar bilan huquqiy hujjatlarni ekspertiza qilish masalalarida yordamga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Tsentr zanyatosti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonga Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati delegatsiyasi keladi

Rossiyalik mehmonlar shu kuni Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasida ham uchrashuv oʻtkazdilar.

Tomonlar har ikki mamlakatdagi pensiya taʼminoti boʻyicha dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi. Uchrashuvda migrantlarning mehnat staji va ularning pensiya taʼminoti haqida ham soʻz bordi.

Delegatsiya shuningdek, Toshkentdagi ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

Delegatsiya 3 iyunga qadar Oʻzbekistonda boʻladi. Tashrif rejasiga koʻra, ular Samarqanddagi "MAN Auto-Uzbekistan" avtomobil zavodi hamda shahardagi ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish markaziga tashrif buyuradi.

Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi mehnat migratsiyasi boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi masʼuliyatli organ hisoblanadi. Rostrud ish beruvchilarning mehnat qonunchiligiga amal qilishlarini nazorat qiladi, Rossiyaga xorijdan ishchilarni jalb etish boʻyicha takliflar tayyorlashda hamda kvotalar belgilashda ishtirok etadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala