Migratsiya

Mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni Moskva viloyatiga ishga taklif etmoqda

© Sputnik / Artem Jitenev / Fotobankka oʻtishRabota v tsexe shveynoy fabriki
Rabota v tsexe shveynoy fabriki - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Moskva viloyatida mehnat qilish istagida boʻlgan fuqarolar uchun eʼlon berdi

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Moskva viloyatida mehnat qilish istagida boʻlgan fuqarolarni ishga taklif qilmoqda. Bu haqdagi eʼlon agentlikning Feysbukdagi sahifasida berildi.

Unga koʻra, "N-odejda" MCHJga tikuvchilar ishga qabul qilinadi.

Ishlash istagida boʻlganlarga quyida talablar qoʻyilmoqda: libos tikish, libos tayyorlash jarayonlari, bichish boʻyicha malaka. Tikuvchilar shuningdek, tikuv mashinalaridan foydalanish, ignalar raqamlari, ipni joylashtirish, mashina yoki qoʻlda turli matolardan mahsulot tayyorlash boʻyicha murakkab jarayonlarni bilishlari lozim.

Sinov muddati 3 oy etib belgilangan.

Otkrыtiye tsexa po proizvodstvu xalvы v Donetske - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Oʻzbekistonliklar Astraxan viloyatiga ishga taklif qilinmoqda

Eʼlonda oylik maosh ishbay boʻlib, oʻrtacha 45 ming rubl ekanligi aytilgan.

Ish vaqti soat 8.00 dan 17.00 gacha boʻlib, ijtimoiy paketga yashash uchun toʻlov, ishxonagacha yoʻl haqi kiradi.

Nomzodlar 18-50 yosh boʻlishi, oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlishlari hamda tekstil ishlab chiqarishida kamida bir yillik tajribaga ega boʻlishlari lozim.

Shuningdek, "VESNA" MCHJga ham tikuvchilar ishga taklif etilmoqda. Ularga ham yuqoridagidek talablar qoʻyilgan boʻlib, oylik maoshi 26 500 rublligi maʼlum qilingan.

Qoʻshimcha talablar esa quyidagicha: mutaxassisligi boʻyicha ish joyi haqidagi maʼlumot hamda mehnat daftarchasining notarial tarjimasi, sudlanmaganligi, YHX qoidalarini buzganligi uchun jarimalardan qarzdor emasligi haqida maʼlumotnoma, rus tilini qoniqarli darajada bilishi hamda mehnat qilishga ishtiyoq.

Yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha mehnat qilishga qiziqish bildirgan fuqarolar 214-51-87 yoki 214-47-29 telefon raqamlariga hamda agentlikning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishlari soʻralgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala