Jamiyat

Jamoatchilik fikri: ideal oila boʻlish uchun necha farzand boʻlish kerak?

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, oʻzbekistonliklar eng yaxshi oila uchun uch farzand eng maʼqul boʻlishi hamda 22 yoshda birinchi farzandni dunyoga keltirish maʼqul deb hisoblaydi

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi mutaxassislari aholi oʻrtasida "reporduktiv salomatlik" va "reproduktiv huquq" tushunchalari boʻyicha tadqiqot oʻtkazdi.

Tadqiqot tasdiqlashicha, oʻzbekistonliklar oilaning asosiy mazmuni va qadrini farzandlar deb biladi. Bu fikrni soʻrovnoma ishtirokchilarining 77,8 %i tasdiqlagan. Koʻp farzandli oilalar borgan sayin kamayib borayotgan boʻlsa-da, bugungi kunda har yetti oilaning biri toʻrt farzandga ega, oʻnta oiladan biri esa besh yoki undan koʻp farzandlidir. 2016 yilda mamlakatda 726,8 ming chaqaloq dunyoga kelgan.

Bolalar poliklinikasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandning qator tumanlarida oilaviy poliklinikalar paydo boʻladi

30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oilada ikki farzandni afzal bilsa, 30 yoshdan kattalar esa uch farzandni xohlashadi. Shahar aholisi oʻrtasida soʻrovnomada qatnashganlarning 24,3 %i ikki farzandlilikni, 32,2 %i esa uch farzandlilikni qoʻllab-quvvatladi, deb yozadi Nuz.uz.

Ushbu koʻrsatkich qishloq hududlarida mutanosib tarzda 23,5 % va 37,8 %ni koʻrsatdi. Toʻrt farzandli boʻlishni istaganlar esa shahar aholisining 31,0 %ni tashkil qilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich qishloq hududlarda 23,3 %ni koʻrsatdi.

Har toʻrtinchi ayol birinchi farzandini 20-25 yoshda dunyoga keltirishi maʼqul deb hisoblaydi. Har uchinchi ishtirokchi onaning yoshi 22 da boʻlishi maʼqullagan boʻlsa, toʻrtinchi qatnashchi 23-25 ni maʼqul koʻrdi. Juda ham kamchilik birinchi farzandni dunyoga keltirishda ayolning yoshi 18-19 boʻlishini toʻgʻri deb biladi.

Deti v detskom sadu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yangi dastur: ota-onalarga - qoʻllanmalar, bolalarga - bogʻchalar

Tadqiqot natijalariga koʻra, ayollarning reporduktiv salomatligini saqlashga Andijon viloyati (72,3%), Buxoro (71,2 %) va Samarqand (66,9 %) viloyatlarida eʼtibor qaratishadi. Qashqadaryo viloyatida farzand koʻrish oʻrtasidagi tanaffus boʻlish kerakligi toʻgʻrisida tushunchaga 39,2% aholi ega. Bu koʻrsatkich Toshkent shahrida atigi 36,0 %ni tashkil qiladi.

Reproduktiv salomatlik haqida tushunchalar faqat 36,5 % aholida mavjud, bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan kam. Ayniqsa 18-19 yoshda boʻlgan yoshlarda bu koʻrsatkich juda past.

"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi mutaxassislari tadqiqot natijalariga koʻra, fuqarolar, ayniqsa yoshlarning huquqiy va tibbiyot bilimlar sifatini yanada oshirish zarurligi haqida tavsiyalar berdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0