Rossiyalik mashhur akademik Bokeriya Xorazmda jarrohlik muolajalari o‘tkazadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishKardioxirurgi v operatsionnoy
Kardioxirurgi v operatsionnoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bokeriya o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir asoratli turlari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik muolajalarini o‘tkazadi

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Rossiyadagi A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi markazi direktori, akademik L.A.Bokeriya O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh kardioxirurgi L.A.Bokeriya Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filialida bo‘lib, o‘zbekistonlik shifokorlar faoliyati bilan yaqindan tanishadi.

Xirurgi provodat operatsiyu - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda Rossiya tibbiyot markazlari filiallari ochiladi

L.A.Bokeriya o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir asoratli turlari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik muolajalarini o‘tkazadi. Ushbu jarayon bemorlarga salomatligini tiklash uchun katta imkoniyat bo‘lsa, mamlakat kardiojarrohlari uchun master-klass ham bo‘ladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali faoliyati bilan yaqindan tanishgan chog‘ida shifoxona negizida Rossiyaning A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi filialini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Mazkur shifoxona kelajakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari aholisi uchun mintaqaviy markaz bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi bilan o‘rnatiladigan hamkorlik doirasida mahalliy shifokorlar rossiyalik hamkasblari bilan muntazam tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa aholi salomatligini yanada mustahkamlashga, mahalliy mutaxassislarning yuqori texnologiyaga asoslangan eng murakkab kardioxirurgik amaliyotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishdagi tajribalarini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0