Jamiyat

Oʻzbekistonda yangi davlat qoʻmitasi tashkil etildi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Mazkur qoʻmita davlat veterinariya xizmati amaldagi tizimining qator muammo va kamchiliklarini bartaraf etishi koʻzda tutilgan

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining Davlat veterinariya qoʻmitasini tashkil etish haqidagi qarori eʼlon qilindi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri davlat rahbarining qaroriga tayanib.

Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi negizida tashkil etiladi.

Korovы na molochno-tovarnoy ferme - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Samarqand viloyatida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik rivojlantiriladi

Mazkur qoʻmita davlat veterinariya xizmati amaldagi tizimining qator muammo va kamchiliklarini bartaraf etishi koʻzda tutilgan. Xususan, davlat veterinariya xizmati sohasida ishlarning umumiy holati mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish surʼatlaridan va hozirgi zamonning hayvonlar sogʻligʻi profilaktikasi hamda oʻz vaqtida va sifatli davolashni taʼminlashga qaratilgan zamonaviy talablardan sezilarli darajada ortda qolmoqda.

Bundan tashqari, tarmoqda yagona vertikal boshqaruv tizimi yaratilmagan, uning moddiy-texnika bazasi maʼnaviy va jismoniy jihatdan eskirgan.

Hayvonlar kasalliklarini profilaktika qilish va davolashga ilmiy ishlanmalar va zamonaviy veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, innovatsion usullarni amaliyotga joriy qilish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmayapti.

Shuningdek, sohada kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish borasida ilmiy-tadqiqot va oliy oʻquv yurtlari bilan oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan.

Qoʻmita veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va davlat dasturlarini ishlab chiqish, meʼyoriy-huquqiy tartibga solishni taʼminlash, mazkur sohada davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro samarali hamkorligini muvofiqlashtirish bilan shugʻullanadi.

Hayvonlarni turli kasalliklardan saqlash, hayvonlardan olinadigan mahsulot va xomashyolar xavfsizligini taʼminlash sohasida idoraviy va ishlab chiqarish xizmatlari, xususiy veterinariya faoliyatini muvofiqlashtirish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshirish kabilar ham qoʻmitaning asosiy vazifalariga kiradi.

Ushbu vazifalarni sifatli amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tasarrufidagi Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Davlat veterinariya qoʻmitasi tizimiga oʻtkazildi.

Respublika davlat veterinariya laboratoriyasi, Hayvonlarning oʻta xavfli kasalliklari davlat laboratoriyasi va Parranda kasalliklari boʻyicha davlat veterinariya laboratoriyasi tugatilib, ularning negizida Respublika hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etildi.

Limon yetishtirish - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Limonchilik va parrandachilik uchun 4 mln oilaga kreditlar beriladi

Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifatini nazorat qilish davlat laboratoriyasi Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalari sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markaziga aylantirildi.

Prezident qarori bilan Davlat veterinariya qoʻmitasi va boʻlinmalarining tuzilmasi, shuningdek, 2017-2021 yillarda davlat veterinariya xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturda veterinariya qonunchiligini takomillashtirish va unga amal qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, davlat veterinariya xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, veterinariya sohasida qoʻllaniladigan asbob-uskunalar va veterinariya dori vositalari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangilarini joriy etish koʻzda tutilgan.

Amaldagi diagnostika usullari va vositalarini, hayvonlarni davolash va profilaktika qilishni takomillashtirish hamda aholini xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Eslatib oʻtamiz, keyingi 25 yil davomida mamlakatda qoramollar soni 2,4 barobarga, qoʻy va echkilar soni 2 karraga, parrandalar soni 1,9 martaga oʻsishiga hamda goʻsht mahsulotlari hajmi 2,8 barobarga, sut 2,7 martaga, tuxum 3,3 barobarga oshdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala