Madaniyat

Shahrisabzda yangi badiiy galereya ochiladi

7 iyun kuni Shahrisabzning "Chorsu" meʼmoriy-tarixiy maydonida badiiy galereyaning tantanali ochilishi boʻlib oʻtadi

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Ushbu galereyadan qadimiy hunarmandchilik maktablarining durdonalari sanalgan naqshinkor bezaklar va zargarlik buyumlari hamda Oqsaroyning qoʻlda yasalgan ikki metrlik maketi ilk marta namoyish etiladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Jamiyat
Xiva va Shahrisabz viloyat boʻysunuvidagi shaharlarga aylantirildi

Xabarda aytilishicha, galereyada har hafta iqtidorli rassom va hunarmandlar yaratgan asarlar namoyishi bilan birga havaskorlar va sayyohlar uchun mahorat darslari ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Oyda bir marotaba esa yosh dizaynerlar ishtirokida zamonaviy liboslar namoyishi boʻlib oʻtadi.

Shu kabi madaniy tadbirlarning oʻtkazilishi Shahrisabz shahrining turistik mavqeini oshirish bilan birga yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlarning amaliy sanʼat va milliy hunarmandchilik durdonalari bilan tanishish imkonini beradi, deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala