Mirziyoyev Chexiya prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazadi

© Michal Cizek / AFPPrezident Chexii Milosh Zeman
Prezident Chexii Milosh Zeman - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonga tashrifi davomida Milosh Zeman O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan investitsion loyihalar va savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida muzokaralar o‘tkazadi

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Qozog‘istonda Chexiya prezidenti Milosh Zeman O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

Vid na sentr Pragi. Chexiya - Sputnik O‘zbekiston
Chexiya o‘zbekistonlik talabalar uchun viza olishni soddalashtiradi

Chexiya prezidenti 60 kishidan iborat savdo delegatsiyasi bilan Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqda respublika sanoat va transport ittifoqi vakili Eva Velichkova ma’lum qilgan.

Qozog‘istonga tashrifi davomida Milosh Zeman O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan investitsion loyihalar va savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida muzokaralar o‘tkazadi.
Chexiya respublikasi O‘zbekistonning Sharqiy Yevropadagi an’anaviy hamkori hisoblanadi. 2015-yilda O‘zbekistonga Chexiya respublikasi parlamenti senati raisi M.Shtex rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurgan. 2017-yil fevralida esa Chexiya respublikasi parlamenti deputatlar palatasi raisi Ya.Gamachek rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ldi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0