Siyosat

Mirziyoyev: ekstremistlarni Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqarishga tayyorman

© IA "Jaxon"Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ekstremistik diniy tashkilotlarga aʼzo shaxslarni fuqarolikdan mahrum qilish mexanizmidan foydalanishga tayyorligini maʼlum qildi

TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti ekstremistlarni fuqarolikdan mahrum etishga tayyorligini aytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Uchitel musulmanskoy religioznoy shkolы, uchit svoix uchenikov - Sputnik Oʻzbekiston
Fargʻonada oʻsmirlarga diniy taʼlim berayotgan noqonuniy "xujra" aniqlandi
"Ertangi kunimiz tinch boʻlsin desak, menga oʻsha ashaddiy ekstremistlarni Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqarish boʻyicha taklif kiritish kerak", — deb taʼkidlagan Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga uyushtirgan safari chogʻida. Prezident chiqishi "Oʻzbekiston" telekanali orqali translyatsiya qilingan.

Prezident shuningdek, ushbu masalada ijro etuvchi organlar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan xatoliklarni koʻrsatib oʻtgan hamda oʻz hayotini esktremistik faoliyat bilan bogʻlagan shaxslar qarindoshlarini jamoatchilik hayotidan chiqarib tashlash kabi harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligini kerakligini aytgan.

"Adashganlarni biz ilm bilan va hayotiy misollar bilan jamiyatga qaytaramiz. Agar misol uchun, beshta mahallada 20-30 nafar adashganlar boʻlsa, shu 20 nafardan beshtasi ashaddiy — u qaytmaydi. Ularni Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqarish kerak va men bunga tayyorman", — deb aytgan Mirziyoyev.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala