O‘zbekkino professional va havaskor ijodkorlar uchun tanlov e’lon qildi

© Sputnik / Aleksey DanichevOperator va uning assistenti suratga olish maydonchasida
Operator va uning assistenti suratga olish maydonchasida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekkino" tanlovda g‘olib bo‘lgan eng yaxshi loyihalarni moliyalashtiradi va yaratilgan filmni mahalliy va xalqaro kinofestivallarda qatnashishga tavsiya etadi

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Kinoijodkorlarning faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qisqa metrajli filmlar loyihalari uchun tanlov e’lon qilindi, deb xabar qildi O‘zbekkino milliy agentligi matbuot-xizmati.

"O‘zbekkino"dagi qator mas’ul rahbarlarga jiddiy intizomiy choralar ko‘rildi
"Kinematografiyani rivojlantirish markazi tashabbusi bilan o‘tkaziladigan mazkur tanlovda o‘z loyihasi asosida qisqa metrajli filmni suratga olishni istovchi barcha yoshdagi professional va havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Tanlov o‘tkazish tartibi, hujjatlarni taqdim etish shartlari va boshqa zarur ma’lumotlar bilan Markazning veb-sayti orqali batafsil tanishish mumkin", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, markaz tanlovda g‘olib bo‘lgan eng yaxshi loyihalarni moliyalashtiradi va yaratilgan filmni mahalliy va xalqaro kinofestivallarda qatnashishga tavsiya etadi.

Hujjatlar 2017-yil 25-iyunga qadar qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0