O‘zbekiston prezidenti Ostona shahrida o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etadi

© IA "Kazinform"Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Prezidenti Ostona shahrida EXPO-2017 ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi, qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 8-9 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Ostona shahrida o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Prezident Chexii Milosh Zeman - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Chexiya prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazadi

O‘zbekiston Prezidenti Ostona shahrida EXPO-2017 ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi, qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilotning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashishi, 2017-2018 yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat masalasini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

ShHTning Toshkent sammiti qarorlarini amalga oshirish doirasida Ostona shahrida Hindiston va Pokistonni tashkilot a’zoligiga qabul qilish jarayoni nihoyasiga yetkaziladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0