Sport

Gruziyalik afsonaviy futbolchi "Paxtakor"ga murabbiy boʻldi

© Sputnik / Mixail Kireyev / Fotobankka oʻtishFutbol. Liga Yevropы. Match "Zenit" - "Makkabi"
Futbol. Liga Yevropы. Match Zenit - Makkabi - Sputnik Oʻzbekiston
Niderlandiya va Shotlandiya futbol klublarida chempion va kubok sohibi boʻlgan Shota Arveladze AZ klubida Lui van Galga yordamchi boʻlib ishlagan

TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Oʻtgan mavsumda Turkiyada faoliyat olib borgan gruziyalik murabbiy Shota Arveladze Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Turkiya OAVlariga tayanib UFF.UZ xabar bermoqda.

Stadion Paxtakor - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
"Paxtakor"ga Bobur Shodiyev prezident etib tayinlandi

Xabarda aytilishicha, Arveladzening "Paxtakor" bilan shartnomasi ikki yilga moʻljallangan.

Niderlandiya va Shotlandiya futbol klublarida chempion va kubok sohibi boʻlgan Shota Arveladze AZ klubida Lui van Galga yordamchi boʻlib ishlagan. Soʻngra Turkiyada "Qayserispor", "Kasimpasha" va "Trabzonspor" jamoalarini, Isroilning "Makkabi" klubini boshqargan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala