Alisher Usmonov tanlovida iPhone yutib olgan o‘zbekistonlik uni sotishini aytdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishStart prodaj iPhone 7 i iPhone 7 Plus
Start prodaj iPhone 7 i iPhone 7 Plus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniy bilan bahsiga atalgan parodiya, rolik va karikaturalar tanlovining to‘rt nafar g‘olibini e’lon qildi

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Feysbukdagi Uzbek MDK sahifasi ma’muri Bobur Fozilov Usmonov-Navalniy videobahsiga bag‘ishlangan eng yaxshi hazil, mem va roliklar tanlovining 4 nafar g‘olibidan biri bo‘ldi.

U 10 mingdan ortiq da’vogar ichida g‘olib chiqdi va iPhone 7 Plus sohibiga aylandi.

© Facebook MDKO‘zbekistonlik Alisher Usmonov e’lon qilgan tanlovda g‘olib bo‘ldi
Uzbekistanes pobedil v konkurse na luchshiy mem ob Usmanove  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik Alisher Usmonov e’lon qilgan tanlovda g‘olib bo‘ldi

Bobur Fozilov Facebookdagi sahifasida bu haqda ma’lum qildi.

"Mening memimni shaxsan Alisher Usmonov tanlab oldi!", — deb yozdi u.

So‘ngra esa ushbu mukofotni sotishini e’lon qildi.

Milliarder Alisher Usmonov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov: tuf senga, Aleksey Navalniy

"Men Alisher Usmonovga bag‘ishlangan mem uchun Iphone 7+ yutib oldim! Ayfonni sotaman! Pulini esa bolalar uyiga beraman!", — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Usmonov Navalniyga birinchi videomurojaatini 18-may kuni e’lon qilgandi. Tadbirkor o‘ziga nisbatan aytilgan qator ayblovlar, xususan, Dmitriy Medvedevga pora berish, soliq to‘lamaslik, sobiq Ittifoq davrida zo‘rlash uchun qamalganlik kabi ayblovlarni tuhmat deb atagan va Navalniyni sudga bergandi.

Keyinroq Alisher Usmonov Navalniyga qilgan videomurojaati asosida parodiya, rolik va karikaturalar tanlovini e’lon qildi. Tanlovda barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin va g‘olibga iPhone 7 Plus hamda Usmonov imzosi tushirilgan futbolka sovg‘a qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0