Nobiometrik pasport olishga ulgurmaganlar uchun jarima miqdori kamaytirildi

Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar 98 %, ya’ni 1,6 mln kishi biometrik pasportga ega.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. 2017-yil may oyi yakunida Oliy Majlis senatorlari tomonidan shaxsiy pasport amal qilish muddatini o‘tkazib yuborish uchun jarima miqdorini eng kam ish haqining 0,5 miqdoriga kamaytirilishi tasdiqlandi. Bu haqda NUZ.uz nashri xabar berdi.

Hozirgi kunda ushbu jarima eng kam ish haqining 3 baravar miqdorni tashkil etadi.

"Bu borada takliflarimiz senatorlar tomonidan ma’qullangan va tez kunda tegishli qaror qabul qilinadi", — deb ta’kidladi Toshkent shahar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Sayfullayev.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Biometrik pasportlarni hisobga olish va yo‘q qilish qoidalari tasdiqlandi

B.Sayfullayevning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 30 ming (jami fuqarolardan 2%) fuqarolar eski pasportlarini biometrik pasportlarga almashtirmaganlar. Bular asosan nafaqada bo‘lgan, nogiron va chet elda bo‘lgan kishilardir.

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar 98 %, ya’ni 1,6 mln kishi biometrik pasportga ega.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida fuqarolarning nobiometrik shakldagi pasportini amal qilish muddati asosan 2018-yil 1-iyul kuniga qadar belgilangan. IIBB tomonidan qonunchilikda belgilangan ma’muriy javobgarlikka tortilishlarini oldini olish maqsadida nobiometrik shakldagi pasportiga ega bo‘lgan fuqarorlar tezroq biometrik pasportlarga almashtirish talab etiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0