Dunyoda

Qatar hukumati qirol oilasi ozod etilishi uchun jangarilarga 1 mlrd dollar toʻladi

© Sputnik / Abdulkader Xadj / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Doxa
Goroda mira. Doxa - Sputnik Oʻzbekiston
Saudiya Arabiston chegarasi hududi yaqinida lochin ovi paytida qirol oilasi nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻgʻrilab ketilgan edi. Qatar hukumati 26 nafar kishini qoʻyib yuborilishi uchun 1 mlrd dollar mablagʻ toʻladi.

TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Iroqda qirol oilasi qoʻyib yuborilishi uchun Qatar hukumati tomonidan 1 mlrd dollar mablagʻ toʻlangan, deb xabar berdi Financial Times nashri.

Ushbu mablagʻ 26 nafar qirol oilasi qoʻyib yuborilishi uchun toʻlandi. Xabarda aytilishicha, Qatar hukumati ushbu pullar Suriyadagi "Al-Qoida" terrorchilik uyushmasi bilan bogʻliq boʻlgan guruhlar va Eron xavfsizlik xizmatiga berildi. Ushbu kelishuv aprel oyida amalga oshirilgan.

Posledstviya vzrыva v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻoniston poytaxtida navbatdagi portlash sodir boʻldi

RIA Novosti maʼlumotiga koʻra, oʻgʻirlangan shaxslar orasida Qatar qirol oila aʼzolari ham boʻlgan. Asirga olingan shaxslarni qoʻyib yuborilishi haqida Eron, Qatar va "Xezbolla" harakati oʻrtasida muzokaralar olib borildi. Joriy yil aprel oyida 26 nafar kishi ozod etilib, Eronda Qatar elchisiga topshirilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 2015 yil dekabr oyida harbiy kiyimda boʻlgan nomaʼlum shaxslar tomonidan Nadjaf sahrosi yaqinida ov lageridan qatarlik ovchilar oʻgʻirlab ketilgan edi. 

Dushanba kuni, Mirs, Saudiya Arabiston, Baxreyn, BAA Qatar bilan diplomatik aloqalar toʻxtatilganligi haqida maʼlum qilingan. Qatarga terrorchilik uyushmalarni qoʻllab-quvvatlashi haqida ayb qoʻyildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala