Dunyoda

Toshkentdan kelgan yoʻlovchidan olib kirish taqiqlangan qurutilgan mevalar olib qoʻyildi

© Sputnik / Sergey RusanovTyumen "Roshino" aeroporti
Tyumen Roshino aeroporti - Sputnik Oʻzbekiston
Tyumen viloyati aeroportida Toshkentdan kelgan yoʻlovchidan qurutilgan mevalar, yongʻoqlar va dekorativ oʻsimlik koʻchatlari olib qoʻyildi. Rossiya qishloq xoʻjalik nazorati tomonidan bunday mahsulotlarni olib kirish taqiqlangan.

TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Roshino aeroportida Toshkent shahridan kelgan yoʻlovchidan qurutilgan mevalar, yongʻoqlar va sabzavotlar olib qoʻyildi. Bu haqda Rossiya qishloq xoʻjalik nazorati matbuot xizmati xabar berdi.

Kontrabanda zolota - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbek bojxonachilari 2017 yilda 1 mln $lik tilla kontrabandasining oldini olishdi

Tyumen viloyati Rossiya qishloq xoʻjalik nazorati boshqarmasi xodimlari bahor kunlari kirib kelishi bilan Roshino aeroportida 12 ta fitosanitariya qoidalarni buzish holatlari aniqlangan. 

Oʻzbekistondan kelgan yoʻlovchi qul yuklari koʻrikdan oʻtkazilganda, olib kirish uchun taqiqlangan quruq mevalar, sabzavotlar, yongʻoqlar hamda dekorativ oʻsimlik koʻchatlar borligi aniqlandi.

Olib qoʻyilgan mahsulotlar yoqib yuborish usuli bilan yoʻq qilindi. Qoidabuzarlarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala