Ostonada ShHT bosh kotibi Rashid Alimovning kitobi taqdimoti o‘tkazildi

© Sekretariat ShOSV Astane prezentovali knigu Genseka ShOS Rashida Alimova
V Astane prezentovali knigu Genseka ShOS Rashida Alimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston poytaxtida ShHT bosh kotibi Rashid Alimovning "Shanxay hamkorlik tashkiloti: tashkil etilishi, rivojlanishi, istiqbollari" nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Kitob taqdimot marosimi Qozog‘iston tele va radiokanallarida bevosita namoyish etildi va u jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi, deb xabar berdi ShHT kotibiyati.

Kitobda ShHTning tashkil etilish va shakllanish jarayoni, tashkilotga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama hamkorligi tarixi yoritib berilgan. Unda tashkilotning asosiy yo‘nalishlari, tuzilmasi ShHT organlarining vazifalari haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston raisligi yilida ShHTda nima ishlar qilindi?

Unda o‘tgan 15-yil davomida a’zo davlatlar yetakchilari va hukumat rahbarlarining barcha uchrashuvlari, qabul qilingan qarorlar va hujjatlar xronologik tartibda keltirilgan.

Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, terrorizm, separatizm va ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi, transchegaraviy uyushgan jinoyatchilik masalalariga kitobda alohida bob ajratilgan.

Kitobdan shuningdek, asosiy hujjatlar matnlari, ShHTning 2025-yilgacha taraqqiyot strategiyasi va "ShHT oilasi"ning 18 mamlakati haqidagi statistik ma’lumotlar o‘rin olgan.

Kitob siyosatchi va diplomatlar, o‘qituvchilar, siyosatga qiziquvchi talaba va aspirantlar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0