"O‘zbekinvest" rasmiy saytida Rustam Azimov haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey DanichevRustam Azimov
Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha OAVlarda Rustam Azimov "O‘zbekinvest" kompaniyasiga rahbar etib tayinlangani haqida xabar tarqalgan edi. Bugun kompaniya rasmiy saytida bu ma’lumot rasman tasdiqlandi

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. 6-iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimdan ozod etilgani haqida xabar qilgan edik.

Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Rustam Azimov "O‘zbekinvest" kompaniyasiga rahbar etib tayinlandi
Kechaning o‘zida o‘zbek OAVlarida Rustam Azimov "O‘zbekinvest" kompaniyasiga rahbar etib tayinlangani haqida xabar tarqalgan edi.

Kompaniya matbuot-xizmati bilan bog‘langanimizda, xabarni rasman sal kechroq tasdiqlashlarini ma’lum qilishgan edi.

Mana bugun kompaniya rasmiy saytida bu ma’lumot rasman tasdiqlandi.

"Rustam Sodiqovich Azimov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi qarori bilan "O‘zbekinvest" eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining bosh direktori etib tayinlandi", — deb xabar qildi kompaniya matbuot-xizmati.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0