Hodisalar

Prokuratura Jasur Ibrohimov tergov ishi boʻyicha izoh berdi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichRabota s bumagami
Rabota s bumagami - Sputnik Oʻzbekiston
Poytaxt prokurori oʻrinbosari Fatxulla Abdurahimovning soʻzlariga koʻra, ilgaritdan eʼlon qilingan har qanday maʼlumot tergov borishiga xalal berishi mumkin va shu bois hozircha biror izoh berish nooʻrin

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Toshkent shahar prokuraturasi Toshkent tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimovning oʻlimi yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha maʼlumotlarni tergov manfaatlari yuzasidan oshkor qilmaydi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Zaderjaniye prestupnika - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Talaba Ibrohimovning oʻlimi boʻyicha jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchi hibsga olindi

Poytaxt prokurori oʻrinbosari Fatxulla Abdurahimovning soʻzlariga koʻra, ilgaritdan eʼlon qilingan har qanday maʼlumot tergov borishiga xalal berishi mumkin va shu bois hozircha biror izoh berish nooʻrin.

"Ushbu jinoyat ishi boʻyicha Bosh prokuratura saytida maʼlumot berilgan boʻlib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Tergov davomida jinoyat ishiga aloqador boʻlgan barcha shaxslarga va ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. Tergov manfaatlari yuzasidan boshqa maʼlumotlarni ayta olmayman. Tergov hammasini joy-joyiga qoʻyadi", — deb taʼkidladi Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari F.Abdurahimov bugun boʻlib oʻtgan brifingda.

U shuningdek, oldindan xulosa chiqarmaslik va Oʻzbekistonda aybsizlik prezumptsiyasi amal qilishi haqida eslatib oʻtdi. Oʻzbekiston Jinoyat kodeksiga koʻra, hech kim sud hukmi chiqmasdan turib jinoyat sodir qilishda aybdor deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas.

Prokuror oʻrinbosari mazkur jinoyat ishini tergov qilish uch oy ichida yakuniga yetishini aytdi. Ammo  Jinoyat protsessual kodeksiga koʻra jinoyat ishini tergov qilish muddati besh oyga hamda alohida hollarda yetti oygacha choʻzilishi mumkin.

Studentы meditsinskogo kolledja - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentdagi Borovskiy kolleji Jasur Ibrohimov oʻlimi boʻyicha bayonot berdi

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 3 may kuni P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999 yilda tugʻilgan Ibragimov Jasurbek Maxammadjon oʻgʻli tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 2017 yil 1 iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. Toʻplangan dalillar majmui asosida I.Tulaganov ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilindi va unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala