Qirg‘izistonda bomba yasayotgan xudkush-terrorchi qo‘lga olindi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston huquq-tartibot organlari maxsus tadbir davomida
Qirg‘iziston huquq-tartibot organlari maxsus tadbir davomida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terrorchi xalqaro terrorchilik uyushmasi ko‘rsatmasi asosida odamlar ko‘p to‘planadigan joyda portlashni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari xalqaro terrorchilik uyushmasi a’zosi bo‘lgan xudkush-terrorchini qo‘lga oldi, u o‘zini portlatishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan, deb xabar qildi Qirg‘iziston MXDQ matbuot-xizmati.

SPUTNIK_Mat podozrevayemix v organizatsii teraktov v Peterburge Azimovix ne verit v vinovnost detey - Sputnik O‘zbekiston
Ona o‘z farzandlarining terrorchi ekaniga ishonmadi
"Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilayotgan antiterror tadbirlari davomida terrorchilik aktini sodir etishga tayyor turgan xalqaro terrorchilik uyushmasi a’zosi qo‘lga olindi. XTU rahbarlari ko‘rsatmasiga binoan u odamlar ko‘p to‘planadigan joyda portlash uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgan", — deyiladi xabarda.

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, xudkush-terrorchi "mini-portlash bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan. Shuningdek, uni xudkush terrorchi sifatida ham obdon tayyorlashgan. Qo‘lga olingan vaqtida u qo‘lbola portlash moslamasini yig‘ayotgan bo‘lgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0