Uzreport TV xususiy telekanali o‘z translyatsiyasini tikladi

Obuna bo‘lish
Qisqa tanaffusdan so‘ng, Uzreport TV xususiy telekanali yana o‘z ish faoliyatini boshladi.

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Uzreport TV xususiy telekanali yana o‘z ish faoliyatini boshladi.

Radioaloqa, radioeshshirish va televidenie markazi davlat unitar korxona matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2017-yil aprel-may oylari uchun teleko‘rsatuvlari translyatsiya qilish xizmati bo‘yicha qarzdorligi tufayli 2017-yil 3-iyun kunidan Uzreport TV O‘zbekiston hududida vaqtinchalik raqamli translyatsiyasi to‘xtatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, sal ilgariroq 2017-yil 10-iyun kuni "O‘zbekiston-24" teleradiokanali efirga chiqishi haqida ma’lumot bergan edik.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0