Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston-24 teleradiokanali 10-iyun kuni efirga chiqadi

© Sputnik / AlexTikhomirovTelekanal
Telekanal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 10-iyun kuni soat 09-00 dan 13-00 gacha "O‘zbekiston-24" teleradiokanali efirga chiqadi. Har 20 daqiqada yangiliklar va oraliq 15 daqiqada tematik eshittirishlar beriladi.

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston-24 teleradiokanali 10-iyun kuni efirga chiqadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Vid na telebashnyu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston teleradiokompaniyasi muxlislar taklifini kutmoqda

2017 yil 10-iyun kuni soat 09-00 dan 13-00 gacha "O‘zbekiston-24" radiokanali efirga chiqadi. Har 20 daqiqada yangiliklar va oraliq 15 daqiqada tematik eshittirishlar beriladi.

Sinov tariqasida radioefir faqat MTRK hududining o‘zigagina tarqatiladi.

Eshittirishlarni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobir Alixonovning shaxsan o‘zi kuzatib boradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTRK tarkibida tashkil etilayotgan yangi "O‘zbekiston-24" axborot teleradiokanali 27-iyundan to‘liq ish boshlaydi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0