Siyosat

Abdulaziz Kamilov xorijdagi oʻzbekistonliklar bilan onlayn muloqot oʻtkazadi

© AFP / YASSER AL-ZAYYATOʻzbekiston TIV vaziri Abdulaziz Kamilov
Oʻzbekiston TIV vaziri Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Muloqot doirasida Oʻzbekiston va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari qarshisida vatandoshlarimizning TIV faoliyati bilan bogʻliq dolzarb muammolari koʻrib chiqiladi, deyilgan TIV axborotida

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. 2017-yilning 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 14.00 dan 16.00 ga qadar tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Oʻzbekistondagi va xorijdagi hamyurtlar bilan uchrashuv oʻtkazadi va ularning savollariga javob beradi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Videokonferentsiya shaklida boʻlib oʻtadigan tadbirda Oʻzbekistonning xorijdagi elchixonalari va bosh konsulxonalari rahbarlari ishtirok etadi.

Muloqot doirasida Oʻzbekiston va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari qarshisida vatandoshlarimizning TIV faoliyati bilan bogʻliq dolzarb muammolari koʻrib chiqiladi.

Tashqi ishlar vazirligiga toʻgʻridan toʻgʻri murojaat qilish imkoniga ega boʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari matn, audio va video koʻrinishdagi oʻz savollarini Vazirning virtual qabulxonasiga, muloqot@tiv.uz rasmiy elektron manziliga, shuningdek, TIVning "Facebook"dagi rasmiy sahifasi va "Telegram"dagi kanalga oldindan joʻnatishlari mumkin.

"Shu oʻrinda maʼlum qilamizki, anonim xatlar, odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, mantiq va maʼnosi boʻlmagan takliflar va boshqalar), murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar mavjud boʻlgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar boʻlmagan murojatlar koʻrib chiqilmaydi",.

Murojaatlar ushbu eʼlon chop etilgan vaqtdan tadbir yakunlanganiga qadar — 2017-yilning 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.00gacha qabul qilinadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0