Jamiyat

YUNISEF Jasurbek Ibrohimov voqeasi boʻyicha bayonot berdi

© NUZ.UZJasurbek Ibragimov
Jasurbek Ibragimov - Sputnik Oʻzbekiston
YUNICEF bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha turlariga, jumladan, taʼlim muassasalarida bezorilikka qarshi kurashda hukumatning saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Shu yilning 1 iyun kuni Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji oʻquvchisi Jasurbek Ibrohimov janjal vaqtida ogʻir jarohat olish oqibatida vafot etgandi.

YUNISEF tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann mazkur voqea yuzasidan bayonot berdi.

"1 iyun kuni fojiali tarzda vafot etgan Toshkent tibbiyot kolleji oʻquvchisi 17 yoshli Jasurbek Ibrohimov oilasiga chuqur va samimiy taʼziya izhor etamiz. Oʻquv muassasalaridagi qoʻrqitish va bezorilik dunyo miqyosida borgan sari tashvishli muammoga aylanib bormoqda va har kuni turli joylarda bolalarni zoʻravonlik qurbonlariga aylantirmoqda.

Koʻplab odamlar oʻquv muassasalaridagi bolalarga nisbatan zoʻravonlikdan koʻz yumadi. Zoʻravonlikka uchragan bolalarning aksariyatida bu haqda ochiq gapirish uchun ishonch va kattalar bilan oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun gaplashish mexanizmi mavjud emas.

Bunday holatlarni hal etish uchun oʻqituvchi va ota-onalarni oʻqitish, bolalarni zoʻravonlikning barcha turlaridan himoya qiluvchi odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish va ularga amal qilishni taʼminlash kabi yoʻllar mavjud.

Rabota s bumagami - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Prokuratura Jasur Ibrohimov tergov ishi boʻyicha izoh berdi

Tengdoshlar orasida jismoniy va ogʻzaki shakllardagi bezorilik turli mamlakatlarda keng tarqalgan. Xoʻrlash va ijtimoiy jihatdan ajratish singari bilvosita bezorilik ham bolalarni xavf ostiga qoʻyadi. Bezorilik xulq-atvori koʻpincha jamiyatda muayyan guruhlarga nisbatan ustunlik, isnod va kamsitishni aks ettiradi.

Vaqt oʻtishi bilan ijtimoiy dinamika oʻzgarishi hamda internet va uyali telefon singari axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish oʻsib borayotgani bois bolalar tobora xoʻrlashning yangi shakllariga tobora duch kelmoqdalar.

YUNICEF bezorilik va qoʻrqitish muammosini hal etishda koʻpgina mamlakatlarga yordam bermoqda. Quyidagi olti strategiya samarali ekanligi koʻpgina mamlakatlarda oʻz isbotini topdi: 1) ota-onalar, vasiylar va oilalarni qoʻllab-quvvatlash; 2) bolalar va oʻsmirlarga xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashishni boshqarishda yordam berish; 3) zoʻravonlik va kasitishni ragʻbatlantiruvchi qarash va ijtimoiy meʼyorlarni oʻzgartirish; 4) oʻqituvchilar va hokimiyat organlari vakillarini bolalarga tegishli xizmat koʻrsatish borasidagi salohiyatini oshirish; 5) bolalarni himoya qiluvchi qonun va siyosatni amalga oshirish; 6) maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish.

YUNICEF bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha turlariga, jumladan, taʼlim muassasalarida bezorilikka qarshi kurashda hukumatning saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor", deyiladi tashkilot bayonotida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader