Jamiyat

Nazarboyev SHHT sammiti ochilish marosimida Mirziyoyevga muvaffaqiyat tiladi

© press-slujba prezidenta KazaxstanaVstrecha Nursultana Nazarabayeva i Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstane
Vstrecha Nursultana Nazarabayeva i Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Nazarboyev sammit ishtirokchilarini qutlar ekan, Oʻzbekiston prezidentiga alohida eʼtibor qaratdi

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev SHHT davlat rahbarlarining tor doiradagi yigʻilishini ochar ekan, tashkilotning yaratilish tarixini yodga oldi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozogʻiston.

"Besh davlat rahbarlari XXR bilan chegara muammosini hal qildik va hujjatlarni imzolab boʻlganimizdan soʻng Xitoyning oʻsha vaqtdagi raisi janob Tszyan Tszemin bilan taklif kiritdik: kelinglar hujjatlarni imzolab boʻlganimizdan keyin tarqalmaymiz, buning oʻrniga iqtisodiy hamkorlik tashkil qilamiz. SHHT shunday paydo boʻlgan", — dedi Nazarboyev.

Glavы Uzbekistana i Kыrgыzstana Shavkat Mirziyoyev i Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevni Oʻzbekistonga taklif qildi

U mazkur tashkilot oʻshandan buyon xalqaro miqyosda eʼtirof etilganini, mintaqa xavfsizligini mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, mamlakatlar oʻrtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishda ulkan ishlar amalga oshirilganini qayd etdi.

"Ostona sammitida tashkilotimizning yangi tarixi ochiladi deyish mumkin. Bugungi yigʻilish soʻnggi marta olti tomonlama shaklda oʻtkaziladi. Bugun SHHT aʼzoligiga Hindiston va Pokiston qabul qilinadi", — dedi Qozogʻiston rahbari.

Nazarboyev ishtirokchilarni qutlar ekan, Oʻzbekiston prezidentiga alohida eʼtibor qaratdi.

"Bugun bu yerga yigʻilgan barchaning nomidan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni alohida qutlamoqchiman — prezidentlikka saylanganidan soʻng ilk bor tashkilotimizning davlat rahbarlari yigʻilishida ishtirok etmoqda, bu insonga faoliyati va biz bilan hamkorlikdagi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman", — dedi Nazarboyev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala