O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi kim

© twimg.comSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuqori beshlikni Qatarning "As Sayliya" jamoasi hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov roppa-rosa 1 mln yevro narx bilan yakunlab beradi

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Germaniyaning Transfermarkt.de sayti O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarining transfer baholarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi Moskvaning "Lokomotiv" klubi futbolchisi Vitaliy Denisov bo‘lib turibdi. Uning narxi 6 mln yevroga teng.

Igrok Lokomotiva Vitaliy Denisov - Sputnik O‘zbekiston
Vitaliy Denisov Rossiyadagi eng yaxshi 33 futbolchi ro‘yxatidan joy oldi

Xitoyning "Shanxay SIPG" jamoasida to‘p suruvchi Odil Ahmedov ikkinchi o‘rinda joylashgan. Uning transfer bahosi 5,50 mln yevro etib belgilangan.

Ro‘yxatning uchinchi o‘rnini Qatarning "Al-Jaish" klubi a’zosi Sardor Rashidov band etgan. Uning transfer narxi —2 mln yevro.

"Paxtakor" futbolchisi Igor Sergeyevning transfer narxi 1,6 mln yevroni tashkil etadi.

Yuqori beshlikni Qatarning "As Sayliya" jamoasi hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov roppa-rosa 1 mln yevro narx bilan yakunlab beradi.

Yangiliklar lentasi
0