Jamiyat

Hindiston va Pokiston SHHTga qabul qilindi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishZasedaniye soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) v rasshirennom sostave
Zasedaniye soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) v rasshirennom sostave - Sputnik Oʻzbekiston
SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari yigʻilishida Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston yetakchilari Hindiston va Pokistonni tashkilotga aʼzolikka qabul qilish jarayoni nihoyasiga yetgani haqidagi qarorga imzo chekishdi

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari Hindiston va Pokistonni aʼzolikka qabul qilish haqidagi qarorni imzolashdi, shuningdek, ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha konventsiya imzolandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Ostonada SHHTga aʼzo davlat rahbarlari tomonidan 11 ta hujjat imzolanadi

SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston yetakchilari Hindiston va Pokistonni tashkilotga aʼzolikka qabul qilish jarayoni nihoyasiga yetgani hamda ularga SHHTga aʼzo davlat maqomini berish haqidagi qarorga imzo chekishdi.

Bundan tashqari, ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha SHHT konventsiyasi imzolandi va xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashish haqida SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining bayonoti qabul qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Hindiston va Pokistonni SHHTga qabul qilish jarayoni 2015 yilda boshlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala