Jamiyat

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" Rossiya va Qozogʻistonga qoʻshimcha qatnovlar joriy etdi

© uzairways.comPassajirы vыxodyat iz samoleta uzbekskix avialiniy
Passajirы vыxodyat iz samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
5 iyuldan 27 iyulga qadar yozgi mavsumda talab ortgani munosabati bilan Qozon, Sankt-Peterburg, Moskva shaharlariga qoʻshimcha reyslar joriy etildi

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK shu yilning 5 iyulidan 27 iyuliga qadar yozgi mavsumda talab ortgani munosabati bilan Qozon, Sankt-Peterburg, Moskva shaharlariga qoʻshimcha reyslar joriy etilganini maʼlum qildi.

Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Havo yoʻllari Seulga parvozlar sonini oshiradi

Maʼlumotga koʻra, qoʻshimcha qatnovlar jadvali quyidagicha (barcha qatnovlar mahalliy vaqt bilan koʻrsatilgan):

Toshkent-Qozon-Toshkent  — payshanba kunlari:

HY 697 Toshkent 07:30 — Qozon 09:00; HY 698 Qozon 11:00 — Toshkent 16:20.

Qarshi-Sankt-Peterburg-Qarshi — chorshanba kunlari:

HY 639 Qarshi 08:50 — Sankt-Peterburg 12:05; HY 640 Sankt-Peterburg — 13:35 Qarshi 20:30.

Qarshi-Moskva-Qarshi — chorshanba kunlari:

HY 605 Qarshi 21:55 — "Domodedovo" 00:10; HY 606 "Domodedovo" 01:40 — Qarshi 07:40.

Shuningdek, shanba kunlari Toshkent-Ostona-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha ham qatnovlar joriy etildi:

HY 721 Toshkent 12:45 — Ostona 15:45; HY 722 Ostona 16:45 — Toshkent 17:45.

Barcha reyslar Airbus A-320 va Boeing V-757 avialaynerlarida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala