Video

Mirziyoyev Atamboyevga: bizning oramizda chegara boʻlmasligi kerak

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev Ostonadagi SHHT sammiti doirasida uchrashdilar

Mirziyoyev imkoniyat boʻlishi bilan "soatlarni toʻgʻrilab olish" yaxshi anʼanaga aylanganini qayd etdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirgʻiziston.

"Bugungi soatlarni toʻgʻrilab olishimiz ikki tomonlama munosabatlarimiz barcha sohalarda faol rivojlanayotganini anglatadi. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada oshdi, ikki mamlakat chegara viloyatlari oʻrtasida muloqotlar chuqurlashmoqda. Biz qayerda uchrashmaylik, oldinga siljish uchun barcha harakatni amalga oshiramiz", — dedi Mirziyoyev.

Glavы Uzbekistana i Kыrgыzstana Shavkat Mirziyoyev i Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevni Oʻzbekistonga taklif qildi

U shuningdek, Qirgʻiziston prezidentiga Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif etdi.

"Eng asosiysi, bizning oramizda chegara boʻlmasligi kerak, chegaralar ochiq boʻlishiga erishishimiz kerak", — dedi Oʻzbekiston rahbari.

Atamboyev Oʻzbekiston prezidentining taklifi uchun minnatdorlik bildirdi va oʻzbek-qirgʻiz munosabatlarini barcha sohalarda mustahkamlashda faol ishtirok etishga tayyorligini eʼtirof etdi. Qirgʻiziston prezidenti oʻz navbatida chegaralar shunchaki rasmiy boʻlishi, ikki mamlakat xalqlari bir-birlari bilan qiyinchiliklarsiz uchrashishlari lozim deb hisoblashini aytdi.

Ikki mamlakat rahbarlari tegishli idoralarga oʻzbek-qirgʻiz chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasidagi shartnomani imzolash boʻyicha muzokaralarni tezlashtirishni topshirdilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala