Astraxanda O‘zbekiston konsulligi xodimi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

© zaryad.meRabochiy vizit Pervogo sekretarya konsulskogo otdela Posolstva Respubliki Uzbekistan v Rossiyskoy Federatsii Raupova Shukurullo v Astraxanskuyu oblast
Rabochiy vizit Pervogo sekretarya konsulskogo otdela Posolstva Respubliki Uzbekistan v Rossiyskoy Federatsii Raupova Shukurullo v Astraxanskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi birinchi kotibi Shukrullo Raupov “O‘zbekiston” o‘zbek madaniyatini saqlab qolish bo‘yicha mintaqaviy jamoatchilik tashkiloti raisi Bahodir Aminov taklifiga asosan xizmat safari bilan Astraxan viloyatiga tashrif buyurdi

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Astraxan viloyatida yo‘qotilgan yoki yaroqsiz pasportlar tufayli Rossiyadan chiqib ketish bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarga duch kelgan o‘zbekistonliklarga mamlakatga qaytish sertifikatlarini shaxsan O‘zbekiston elchixonasi konsullik bo‘limi birinchi kotibi Shukrullo Raupov topshirdi. Bu haqda zaryad.me portali ma’lum qildi.

Posol RF v Uzbekistane Vladimir Turdenev na priyeme v chest 9-maya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya elchisi: O‘zbekiston o‘z o‘g‘lonlari bilan mag‘rurlanishi mumkin

Raupov 6-8 iyun kunlari “O‘zbekiston” o‘zbek madaniyatini saqlab qolish bo‘yicha mintaqaviy jamoatchilik tashkiloti raisi Bahodir Aminov taklifiga asosan Astraxan viloyatida bo‘ldi.

O‘zbekistonga qaytish guvohnomalarini topshirish jarayonida Sh.Raupov ayrim O‘zbekiston fuqarolari bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi. Ularga Rossiya migratsiya va chegara sohasi qonunchiligini buzmaslik bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, Shukurullo Raupov Astraxandagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurdi. U yerda turli ma’muriy huquqbuzarliklar uchun vaqtincha ushlab turilgan o‘zbekistonliklarning yashash sharoitlari bilan tanishibdi hamda ular bilan profilaktik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0