Litsenziya shartlari buzilishi va aloqaning yomonligi: UNITEL va COSCOM ogohlantirildi

Obuna bo‘lish
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan UNITEL va COSCOM uyali aloqa kompaniyalari tomonidan bir necha marotaba qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan UNITEL va COSCOM uyali aloqa operatorlari oxirgi vaqtlarda qo‘pol ravishda va bir necha marotaba radioelektron va yuqori chastotali qurilmalardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda davlat inspeksiyasi xabar berdi.

Montaj vishek sotovoy svazi - Sputnik O‘zbekiston
Mobil aloqa operatorlariga aloqa sifatini yaxshilash vazifasi yuklatildi

Masalan, UNITEL kompaniyasi noqonuniy ravishda tijorat maqsadlarida bazaviy stansiya va radiorele tarmoqlaridan qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirmasdan hamda radioaloqa vositalari va yuqori chastotali qurilmalardan texnik ekspluatatsiya qilish uchun hech qanday tegishli ruxsatnomalarsiz Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida foydalangan.

COSCOM kompaniyasi Samarqand, Toshkent, Jizzax, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bazaviy stansiyalar va radio qurilmalardan noqonuniy foydalangan.

Shunday qilib, ikkala uyali aloqa operatori O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan berilgan uyali aloqa xizmat ko‘rsatish litsenziya shartlari hamda bir necha qonun talablarini buzishgan.

Davlat inspeksiyasi ma’lumotiga ko‘ra, foydalanuvchilardan mazkur operatorlar aloqa sifati bo‘yicha shikoyatlar soni kundan kunga ortib bormoqda, xususan suhbat to‘satdan uzilib qolishi yoki signal yo‘qolishi bo‘yicha e’tirozlar bildirilmoqda. Ikkala uyali aloqa operatori qonun talablariga qat’iy rioya qilish va litsenziya shartlarini bajarish bo‘yicha takroran ko‘rsatmalar oldi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0