Siyosat

Ostonada SHHTga aʼzo davlat rahbarlari tomonidan 11 ta hujjat imzolanadi

© Sputnik / Mixail Mettsel/POOL / Fotobankka oʻtishSHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari
SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun boʻlib oʻtadigan kengash yigʻilishida davlat rahbarlari tomonidan SHHTdagi holatga baho beriladi hamda tashkilotni rivojlantirish istiqbollari va vazifalarini belgilab olish rejalashtirilgan

 

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Bugun Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ikki kunlik sammiti doirasida SHHTga aʼzo davlat rahbarlari kengash yigʻilishi hamda boshqa tadbirlar oʻtkaziladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Vstrecha Nursultana Nazarabayeva i Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Nazarboyev SHHT sammiti ochilish marosimida Mirziyoyevga muvaffaqiyat tiladi

Sammit ishtirokchilari Qozogʻiston poytaxtiga bir kun avval yetib kelishgan va ular sharafiga tashkil etilgan kontsertda ishtirok etdilar.

Tarixiy sammit

RF prezident yordamchisi Yuriy Ushakovning soʻzlariga koʻra, "sammitning eng asosiy voqeasi bu Hindiston va Pokiston davlatlarining SHHTga aʼzo boʻlishidir". Uning aytishicha, tashkilotning kengayishi uning  faoliyatini sifatli yangi bosqichga olib chiqadi, xalqaro ishlarda uning mavqeini sezilarli darajada oshiradi.

Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Kayrat Abdraxmanov mazkur sammitni tarixiy sammit deb atadi. Hindiston va Pokiston tashkilotga aʼzo boʻlganidan soʻng eng yirik mintaqaviy tashkilot sifatida SHHTning mavqei sezilarli darajada oshadi.

Shuningdek, u yigʻilishda bir qator hujjatlar qabul qilinishi haqida xabar berdi. Davlat rahbarlari tomonidan Ostona deklaratsiyasi imzolanadi va ekstremizmga qarshi SHHT Konventsiyasi qabul qilinadi. Umuman olganda, imzolash uchun 11 ta hujjat tayyorlanmoqda. Muzokaralar tor va keng oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif bilan uchrashdi

Shu bilan birga, davlat rahbarlari tomonidan SHHTdagi holatga baho beriladi hamda tashkilotni rivojlantirish istiqbollari va vazifalari belgilab olinishi kutilmoqda.

Sammit davomida SHHTda raislik qilish vazifasi Qozogʻistondan Xitoyga oʻtadi. Aynan shu davlatda 2018 yil yozida SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi oʻtkaziladi.

Iqtisodiyotga tayanish

Ostonada sammiti arafasida SHHT Tadbir kengashi boshqaruvining yigʻilishi oʻtkazilgan edi. Ushbu tadbir iqtisodiy salohiyatni kuchaytirish va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan. SHHT doirasida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish boʻyicha alohida sessiya oʻtkazildi.

Vstrecha Nursultana Nazarabayeva i Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev tashkilot faoliyatining iqtisodiy asosini mustahkamlash zarurligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, "Buyuk ipak yoʻli" dasturining rivojlanishi tufayli bugungi kunda SHHTda ijobiy oʻsish kuzatilmoqda. Ushbu dastur barcha aʼzo davlatlar, birinchi navbatda Qozogʻiston va qoʻshni Xitoy tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, SHHT- xalqaro tashkilot boʻlib, 2001 yilda Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan. 2016 yil iyun oyida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan sammitda SHHTga Xindiston va Pokiston qabul qilinishi toʻgʻrisida memorandumlar imzolangan edi. Ostona shahrida oʻtkazilayotgan sammitda bu ikki davlat SHHTning toʻlaqonli aʼzolariga aylanadi.

 

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala