Jamiyat

Kelajakka sayohat: 2030 yilda Oʻzbekiston qanday holatda boʻladi

© Uzbekiston temir yullariProyekt Tashkentskoy koltsevoy jeleznoy dorogi
Proyekt Tashkentskoy koltsevoy jeleznoy dorogi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hududlarda quyosh va shamol energiyasi joriy etilishi natijasida Oʻzbekiston iqtisodiyoti 30% ga oʻsadi

TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Ostonada boshlangan EKSPO — 2017 xalqaro koʻrgazmasida mamlakatning energetika salohiyati va 2030 yilgacha moʻljallangan rejalari haqidagi videorolikni namoyish etdi. Bu haqda Uznews.uz xabar bermoqda.

Videorolikda Oʻzbekistonda bir yilda 320 kun quyoshli boʻlishi haqida aytiladi. Quyosh energiyasining salohiyati yiliga 51 milliard tonna neftga teng, shamol energiyasining salohiyati esa yiliga 360 million tonna neftga teng. Bunday sof energiyani olish uchun 11 million gektardan ortiq yerdan foydalanish mumkin.

Rolikda aytilishicha, gidroenergiya salohiyati yiliga 1,8 million tonna neftga teng. 2030 yilga kelib energiyaning katta qismi oynali quyosh panellari yordamida olinadi.

Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi yagona avtomobil ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Bu yerda yiliga 200 ming dona avtomobil ishlab chiqariladi. 2030 yilga kelib 48,5% mashina muqobil yonilgʻi turlaridan foydalanadi.

Hududlarda quyosh va shamol energiyasi joriy etilishi natijasida Oʻzbekiston iqtisodiyoti 30% ga oʻsadi. Sof energiyadan foydalanish natijasida yonilgʻidan foydalanish 50%ga kamayadi va havoning ifloslanish darajasi 80%gacha pasayadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0