TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Belarus Ostonadagi EKSPO koʻrgazmasida benzinsiz yuradigan avtobusni namoyish etdi deb xabar beradi Sputnik Qozogʻiston.
"Elektrobus — bu kelajak texnikasi. Elektrobus xuddi mobil telefon singari quvvat oladi. Uning quvvati olti soatga yetadi va shahar ichida 30-40 kilometr masofaga yetib borish mumkin", — dedi Belarus TIV vakili Yevgeniy Lazarev.
Uning aytishicha, elektrobusdan Minskda foydalanilmoqda va u yoʻlovchilar hamda kompaniyalar tomonidan yuqori baholangan. Belarus vakillari koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar ushbu avtobusga qiziqish bildirishlariga umid qilishmoqda.