Video

Jasurbek Ibragimov xotirasiga videorolik yaratildi

© NUZ.UZJasurbek Ibragimov
Jasurbek Ibragimov - Sputnik Oʻzbekiston
Ikki daqiqalik videorolikdan yosh yigit doʻstlari bilan qay tarzda vaqt oʻtkazishi, kursdosh qizlarni 8 mart bilan tabriklagani va boshqa esdalik xotiralar oʻrin olgan

TOSHKENT, 11 iyun — Sputnik. Yaqinda halok boʻlgan tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibragimov xotirasiga doʻstlari va kursdoshlari tomonidan videorolik yaratishdi.

Jasurbek Ibragimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
YUNISEF Jasurbek Ibrohimov voqeasi boʻyicha bayonot berdi
Ikki daqiqalik videorolikdan yosh yigit doʻstlari bilan qay tarzda vaqt oʻtkazishi, kursdosh qizlarni 8 mart bayrami bilan tabriklashi va boshqa esdalik xotiralar oʻrin olgan. Facebook ijtimoiy tarmogʻida ayni vaqtda talaba vafoti bilan bildirilayotgan hamdarliklarning keti uzilgani yoʻq, internet foydalanuvchilari taʼziya izhor etish bilan birgalikda, huquq-tartibot organlari xodimlarini yuz bergan hodisani yaxshilab oʻrganishni soʻrashmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻn yetti yashar Jasurbek Ibragimov 3 may kuni kursdoshlari — Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabalari tomonidan ayovsiz kaltaklangan. Koʻpsonli operatsiyalardan soʻng u 1 iyun kuni tezkor yordam Respublika markazining jonlantirish boʻlimida hayotdan koʻz yumgan. Oʻsmirning halok boʻlishi ishi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, hodisa omma orasida shov-shuvlarni keltirib chiqargach, tergov ishlari respublika prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi.

Hodisa boʻyicha asosiy gumondor — Islombek Toʻlaganovning koʻrsatmalari boʻyicha, mushtlashuv kelib chiqishiga Jasurning oʻzi sababchi boʻlgan. Toʻlaganovning soʻzlariga koʻra, Jasur uning qoʻl va oyoqlariga kelib urilgan va hayotiga nuqta qoʻygan jarohatlarni aynan shu tarzda olgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala