Madaniyat

"Yetivolsam yeb qoʻyaman": oʻzbek estradasidagi tumtaroq ohanglar va bemaʼni sheʼrlar

Samarqand davlat universiteti oʻqituvchisi Baxtiyor Boltayev bugungi kundagi oʻzbek estradasida yangrayotgan qoʻshiqlarni tahlil qildi

TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. "Har bir inson oʻziga yoqqan taomni huzur qilib yeydi. Deylik, oʻsha taom aynib qolgan boʻlsa, oqibati inson organizmi uchun xavfli boʻlishi mumkin. Bu insonning jismoniy holati bilan bogʻliq boʻlgan xunuk holat. Agar uning maʼnaviy dunyosi zaharlansa-chi?", deb yozadi Baxtiyor Boltayev "Zarafshon" gazetasida eʼlon qilingan "Qanday musiqani "isteʼmol qilayapmiz" nomli maqolasida. 

"Didjey"ning qoʻshigʻi

Qizimni sayrga olib chiqdim. Istirohat bogʻida bayram, xursandchilik, kuy-qoʻshiqlar avjida. Ovoz kuchaytirgich orqali qoʻshiq yangrayotgan maydonga yaqinlashdik. Bolajonlar quvnab raqsga tushayapti… Biroq qoʻshiq soʻzlarini eshitib, kayfiyatim tushib ketdi:

"Xey-ya, toʻxta, yetivolsam
yeb qoʻyaman…
Yuragimni yondirma,
Hazillashmadim, yeb qoʻyaman…"

Takror aytilayotgan bu soʻzlardan qancha urinmay, hech qanday maʼno topmadim. Bolajonlar esa qoʻshiqni joʻr boʻlib aytishyapti, mening qizim ham. Atrofga qarasam, oʻsha qoʻshiqqa oʻynayotgan bolalarini koʻrib ota-onalar ham xursand. Yosh xonanda Zuhriddin Bahriddinovning "Qizil shapkacha" qoʻshigʻi ekan bu.

Madaniyat
Oʻzbek estradasiga nazar: zamonaviy qoʻshiqlar haqida luqmalar

Tinglovchilar bu qoʻshiqdan qanday maʼnaviy ozuqa olishi mumkin? Koʻchada, istirohat bogʻida xohlaganini qoʻyishadi-da, deb oʻyladim (vaholanki, istirohat bogʻlarida, musiqali favvoralarda va boshqa madaniy joylarda qoʻyiladigan musiqalar nazorat qilinishi lozim). Kechga yaqin xuddi "Mana, koʻrib qoʻying", degandek, boyagi "Qizil shapkacha" "Navo" telekanali orqali yangrayotgani, unga yana klip ham ishlanganini koʻrib, hayratdan dong qotdim. Soʻng yana mulohaza qildim: ehtimol, men bu qoʻshiqlar mohiyatini tushunmayotgandirman.

Pop-musiqa nima?

Bugungi kunda ayrim saviyasiz qoʻshiqlaru mazmunsiz sheʼrsifat soʻzlar (ularni sheʼr deb ham boʻlmaydi) haqida koʻplab tanqidiy fikrlar bildirilmoqda. Shuning barobarida asl sanʼat, musiqa va ohangni maktablarda va boshqa taʼlim dargohlarida ham oʻrgatishmoqda. Shunday boʻlsa-da, bu borada tanlovda adashayotgan tomoshabin va qoʻshiq shinavandalari ham yoʻq emas.

Blagotvoritelnыy kontsert v Tashkente pri uchastii posolstva Azerbaydjana v RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Toshkentda jonli ijroga moʻljallangan zamonaviy kontsert zali barpo etiladi
Ulugʻ bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy musiqa, ohang, sheʼr va ularning uygʻunligi borasida shunday soʻzlarni bildirgan: "Ohanglar ruhga (qalbga) tartibga tushirilgan, shaklga kiritilgan boʻlgandagina kuchli taʼsir qiladi: chunki ruh (qalb) tartibga kirgan narsani tezroq qabul qiladi va shuning uchun ham u sheʼrga tushirilgan narsani oson ilgʻaydi va sheʼrga koʻproq intiladi.

Ammo u musiqa bilan ohanglashtirilgan sheʼrlarga yanada koʻproq mayl qoʻyadi, negaki (bunda) sheʼrning tartibi ohang mutanosibligi (garmoniyasi) bilan uygʻunlashgan boʻladi". Afsuski, bugun bu haqiqatni anglamayotgan, aksincha, pul yoki biror manfaat uchun yengil-yelpi qoʻshiqlar kuylayotgan xonandalar koʻp.

Aytish joizki, koʻpchilik havaskor xonandalar oʻzlari bilmagan holda pop musiqani, uning zamirida "ommaviy madaniyat"ni targʻib qilishmoqda. Manbalarga koʻra, "Ommaviy madaniyat"da "pop (ommaviy)-muzika" alohida oʻrin tutadi.

"Pop-muzika"ni "yangi rok" belgilaydi. "Yangi rok", taʼbir joiz boʻlsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. Yaʼni, jazavali ritm, zarb, shovqin bu musiqaning asl qiyofasidir. U tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yoʻnaltirilgan. Umuman aytganda, "pop-muzika" ijrochiligi koʻngilochar musiqa niqobi ostida ommaviy vasvasali, shaytoniy talvasali, badaxloq raqslar, koʻpincha oxiri janjal, ur-yiqit, vahshiyliklarga borib taqaladigan agressiv diskoteka shoularini uyushtirish bilan ajralib turadi.

Xonanda Lola Yoʻldosheva - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Shou-biznesmas, toʻy-biznes: Lola Yoʻldosheva oʻzbek sanʼatkorlarini tanqid qildi
"Pop-muzika" namoyandalari oʻz "ommaviy"liklarini taʼkidlash uchun sahnadagi xatti-harakatlari va kiyim-liboslari namoyishida ham odob-axloq, jamiyatga ehtirom tuygʻularini rad etib, asosan koʻcha, olomonchilik qonun-qoidalariga amal qiladilar. Va oʻzlarining kulgili darajada ajralib turadigan shunday raftorlaridan faxrlanadilar. Afsuslanarli tomoni shundaki, bunday holatlarni "pop-muzika"chilar sanʼatdagi demokratizmning, xalqchillikning tantanasi, deb bilishadi.

Vaholanki, bunday jarayon faqat maʼnaviy qashshoqlik, axloqiy tanazzulga, shuningdek, insonning oʻzligidan begonalashuviga, ruhiyatining buzilishiga xizmat qiladi.

Tumtaroq ohanglar va bemaʼni sheʼrlar

Oʻzimizga xos sanʼat yoʻnalishimizga "eskirgan" yoʻnalish deb qarab, oʻzini zamonaviy deb tutib, qolipga sigʻmas qoʻshiqlarni kuylayotgan baʼzi bir yosh xonandalar bugun menimcha, musiqa saboqlariga muhtoj.

"Ummon" guruhi tomonidan ijro etilgan qoʻshiq matniga diqqatingizni qarating:

"Mani muhabbatim sevgingga zor,
Koʻzlarim koʻzingga intizor.
Nega koʻylaging keng emas, tor,
Menimcha bugun bayram bor".
Yana bir xonanda Jasur Umirovning "Vay-vay" qoʻshigʻidagi soʻzlarga eʼtibor qaratsak:
"Bahorda yomgʻir sochilib,
Qara, ketibsan ochilib,
Sani koʻra olmaganlar,
Doim yuradi gapirib.
Dugonalaring jim oʻtirsin,
Undan koʻra erga tegsin.
Ular soddaliging bilar
Koʻrasan bizni ayirar".

Bu kabi misollar bugungi shou-biznes olamida kam emas. Achinarlisi, yuqorida aytilgan qoʻshiqlarning baʼzilari televideniye orqali namoyish etiladi.

Amfiteatr - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Insofga kelmagan estrada xonandalari sanʼatkorlar safidan chiqariladi
Bunday xatti-harakat maʼnaviyat quyoshiga xuddi soyabon tutgandek. Boshqacha aytganda, oʻsib kelayotgan navniholni maʼnaviyat va maʼrifat quyoshidan toʻsib qoʻygandek gap. Bugun har bir xonanda soʻz sanʼati va masʼuliyatini bilishi, kuylayotgan qoʻshigʻi qanday ruhiy-maʼnaviy ozuqa berishini anglab yetishi kerak.

Inson maʼnaviy salohiyatining shakllanishida oʻzidagi intilish, bilish va anglash barobarida tevarak-atrofning munosabati, axborot oqimi va taʼsiri juda katta rol oʻynaydi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala