Dunyoda

Ukrainada georgiy lentalari taʼqiqlandi - Poroshenkoning yangi farmoni

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishVolonterlar georgiy lentalarini tarqatishmoqda
Volonterlar georgiy lentalarini tarqatishmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Endilikda Gʻalaba ramzi boʻlmish georgiy lentasini kiyim yoki buyumda taqish, avtomobilga bogʻlash, otkritka, plakat yoki nakleykalarda tasvirlash, ommaviy tadbirlarda yoxud ommaviy axborot vositalarida lentadan foylalanish, jarima yoki maʼmuriy qamoq jazosiga sabab boʻladi

TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Prezident Petr Poroshenko Ukrainada georgiy lentalarini "tayyorlash va tashviqot qilishni taʼqiqlash" toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi, deb xabar qilingan Ukraina prezidenti rasmiy saytida.

Georgiy lentasini tarqatayotgan volontyor - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent militsiyasi "Georgiy lentasi"ni taʼqiqlamaganini maʼlum qildi
Ukraina yuqori Radasi tomonidan may oyi oʻrtalarida qabul qilingan qonunda georgiy lentasi yoki uning suratini "ommaviy ravishda ishlatish, namoyish qilish, taqib yurish va shuningdek tarqatganlik uchun" maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan.

Endilikda Gʻalaba ramzi boʻlmish georgiy lentasini kiyim yoki buyumda taqib yurish, lentani avtomobilga bogʻlash, otkritka, plakat yoki nakleykalarda tasvirlash, ommaviy tadbirlarda yoxud ommaviy axborot vositalarida undan foylalanish, jarima yoki maʼmuriy qamoq bilan jazolanishga sabab boʻladi, deb yozadi RIA Novosti.

Jarima miqdori 850 grivendan 2550 grivengacha (taxminan 32 dollardan 97 dollargacha) etib belgilangan. Taʼqiqlangan buyumlar esa musodara qilinishi aytilmoqda. Agar bu qoidabuzarlik yil mobaynida takrorlansa, u holda jarima miqdori ham 97 dollardan 190 dollargacha koʻpaytiriladi yoki qoidabuzar 15 sutkaga qamoqqa olinadi.

Hujjatda faqatgina ordeni yoki medalida georgiy lentasi elementlari mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bundan istisno ekanliklari keltirilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala