Siyosat

Mirziyoyev: Imom Buxoriy markazi haqiqiy islom taʼlimoti toʻgʻrisida maʼlumot bersin

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Ostanada boʻlib oʻtgan Shanxay Hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqida yangi markaz islom madaniyati taraqqiyotiga xizmat qilishini aytdi

TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Vstrecha Mirziyoyeva s glavoy IBR - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil qilinadi
Oʻzbekiston rahbari 8-9-iyun kunlari Ostona shahrida oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazining tashkil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam boʻlishini alohida taʼkidladi.

Tashkil etiladigan yangi markaz islom madaniyati va qadriyatlarini targʻib qilish, yoshlarimizni turli yot gʻoyalardan asrash, ularning zamonaviy taʼlim-tarbiya olishi, komil inson boʻlib yetishishi, navqiron avlodning qalbida buyuk ajdodlarimizga munosib boʻlishdek yuksak tuygʻularni shakllantirishga xizmat qiladi.

Prezident bunyod etilayotgan markazning umumiy kontseptsiyasi, atrofini obodonlashtirish boʻyicha qilinadigan ishlar loyihasi haqida maʼlumot berildi.

Muborak Ramazon oyida bunday ezgu ishlarni boshlash va amalga oshirish har jihatdan xayrli va maqsadga muvofiqdir, dedi Mirziyoyev.

Vstrecha Nursultana Nazarabayeva i Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Nazarboyev SHHT sammiti ochilish marosimida Mirziyoyevga muvaffaqiyat tiladi
"Pok niyatlar bilan boshlagan ishimiz oʻz mevasini beradi. Yana bir jihatga alohida eʼtibor berish kerak. Imom Buxoriy majmuasiga ziyoratga keluvchilar markazga ham kiradi, ular haqiqiy islom taʼlimoti toʻgʻrisida kerakli maʼlumotlar olsin".

Loyihalarda majmua atrofini obodonlashtirish, yoʻllarni kengaytirish, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari qurish va taʼmirlash lozimligi oʻz aksini topgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti 21-may kuni Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSH sammiti doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar bilan uchrashdi. Oʻzbekiston bilan Islom taraqqiyot banki oʻrtasida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazini tashkil qilish boʻyicha Anglashuv memorandumi imzolandi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala