Ravon R2 Rossiya bozorlarida eng arzon inomarkalar beshligidan o‘rin oldi

© AvtostatRAVON R2
RAVON R2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng arzon mashinalar reytingida birinchi uchlikni "xitoyliklar" egallagan bo‘lsa, to‘rtinchi o‘rin "yapon" avtomobiliga nasib qilgan. Beshinchi eng arzon inomarka deb Ravon R2 topilgan

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiya avtomobil bozorlarida tadqiqot o‘tkazgan avtoekspertlar Rossiyadagi eng arzon inomarkalar beshligi reytingini tuzdilar, deb xabar qildi 360tv.ru.

Ro‘yxatning beshinchi o‘rnini O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Ravon R2 egalladi.

Rossiya bozorlaridagi bu avtomobil narxi 439 ming rubldan boshlanadi.

Reytingning to‘rtinchi o‘rnini "yaponiyalik" Datsun on-DO egalladi. Bu avtomobilning boshlang‘ich narxi Rossiyada 436 ming rublni tashkil qiladi.

Uchinchi o‘rin "xitoylik" Geely GC6ga nasib etgan. Yoz mavsumi boshida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 94 ot kuchi dvigateliga ega bo‘lgan bu avtomobilni 419 ming rublga xarid qilish mumkin.

Reytingning ikkinchi o‘rni ham ekspertlar tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan FAW V5 sedaniga berilgan. Avtomobil narxi taxminan 410 ming rublni tashkil qiladi.

Birinchi o‘rinni 362 ming rubllik Lifan Smily egalladi, u mutaxassislar fikricha, tashqi jihatdan BMW avtomobiliga o‘xshab ketadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0