Shavkat Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Aleksey Nasirov / Mediabankka o‘tishGvozdiki i svechi
Gvozdiki i svechi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy ta’ziya va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘ragan hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tilagan

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

Hamdardlik maktubida "Baykalorti o‘lkasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildim", — deyiladi.

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy ta’ziya va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘ragan hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tilagan.

Eslatib o‘tamiz, 11-iyun kuni Baykalorti o‘lkasida ichida 51 kishi bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketishi oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan va 34 kishi og‘ir jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0