Toshkent shahriga prokuror tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosi direktori lavozimiga tayinlangandi

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati Toshkent shahriga prokuror tayinlanganligini ma’lum qildi.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent prokurori Majburiy ijro burosiga rahbar etib tayinlandi

Xabar qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2017-yil 12-iyundagi buyrug‘iga muvofiq adliya katta maslahatchisi Obloqulov Sherzod Soatqulovich O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Prokuratura to‘g‘risida"gi Qonuniga asosan Toshkent shahar prokurori lavozimiga 5-yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosi direktori lavozimiga tayinlangandi.

Yangiliklar lentasi
0