O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari sifatsiz xizmat bois jarimaga tortildi

© Foto : pixabay.com / terimakasih0Ruki s mobilnimi telefonami
Ruki s mobilnimi telefonami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mobil aloqa operatorlarining oylik ma’lumotlari va tarmoq sifat ko‘rsatkichlari qoniqarsiz deb baholandi

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlarining tarmoq sifat ko‘rsatkichlari yomonlashganligi bois ularga moliyaviy jarimalar qo‘llandi, deb xabar berdi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va sifatli xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida inspeksiya tomonidan operatorlarning oylik ma’lumotlari va tarmoq sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.

Montaj vishek sotovoy svazi - Sputnik O‘zbekiston
Mobil aloqa operatorlariga aloqa sifatini yaxshilash vazifasi yuklatildi

O‘tkazilgan tahlil natijalari barcha operatorlarining mobil aloqa tarmoqlari sifat ko‘rsatkichlari yomonlashganini ko‘rsatdi:

— radioaloqa uzatkichlari ishlashida korxonaning aybi bilan uzilishlar;

— muvaffaqiyatsiz ulanishlar soni;

— o‘rnatilgan ulanishda abonent tashabbusi bilan bo‘lmagan uzilishlar soni;

— internet tarmog‘iga muvaffaqiyatsiz ulanishlari soni;

— internet tarmog‘ida o‘rnatilgan ulanishlarda abonent tashabbusi bilan bo‘lmagan uzilishlar soni.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Aloqa sohasidagi meyoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) to‘g‘risida"gi qaroriga asosan mobil aloqa operatorlariga moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) qo‘llanildi.

Litsenziya shartnomasi talablari bajarilishi va mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida barcha mobil aloqa operatorlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0