"O‘zbekenergo" rahbari ishdan bo‘shatildi

© AO "Uzbekenergo"Aksionernoe obshestvo "Uzbekenergo"
Aksionernoe obshestvo Uzbekenergo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fazliddin Salomov "O‘zbekenergo" AJ boshqaruvi raisi lavozimida 8 oydan ko‘proq faoliyat yuritgandi

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Fazliddin Salomov "O‘zbekenergo" AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ozod qilindi, deb xabar bermoqda uznews.uz.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir Yunusoboddagi maktab direktorini ishdan bo‘shatib yubordi

Xabarda aytilishicha, uning o‘rniga Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev tayinlangan.

Ulug‘bek Mustafoyev 2010-yildan 2016-yilgacha O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan, undan keyin esa Mustafoyev Jizzax viloyatiga o‘tkazilgan.

Fazliddin Salomov "O‘zbekenergo" AJ boshqaruvi raisi lavozimida 8 oydan ko‘proq faoliyat yuritdi.

Yangiliklar lentasi
0