O‘zbekistonda oliygoh maqomidagi ilk madrasa ro‘yxatdan o‘tkazildi

© Sputnik / Vladimir Rodionov / Mediabankka o‘tishVnutrenniy dvor medrese Mir-Arab
Vnutrenniy dvor medrese Mir-Arab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelayotgan o‘quv yilida Buxoro viloyatidagi "Mir Arab" madrasasi 50 nafarga yaqin talabani qabul qiladi

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Buxoro viloyatidagi Mir Arab oliy madrasasi diniy oliy ta’lim muassasasi sifatida Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar berdi RIA Novosti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakiliga asoslanib.

"O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan "Mir Arab" oliy diniy ta’lim muassasasi tashkil etildi hamda respublika Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi", — dedi qo‘mita vakili.

Mir Arab madrasasi - Sputnik O‘zbekiston
Usmonxon Alimov Buxoroda "Oliy madrasa" tashkil etilishi haqida xabar qildi

Uning aytishicha, kelayotgan o‘quv yilida madrasaga 50 nafarga yaqin talaba qabul qilinadi, ular dinlar tarixi va nazariyasi, islom huquqi va arab tilini o‘rganadilar. Qo‘mita vakili Shavkat Mirziyoyev mart oyida viloyatga uyushtirgan safari chog‘ida XVI asrda qurilgan Mir Arab madrasasining maqomini tiklash zarurati haqida aytib o‘tganligini bildirdi.

"O‘zbekistondagi ilk islom oliy ta’lim muassasasi islom dini asoslarini chuqur va har tomonlama o‘rganish hamda mamlakatda diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi", — dedi agentlik vakili.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda mingga yaqin talabalar o‘rta maxsus ta’lim muassasasi maqomiga ega to‘qqiz madrasa, Toshkent islom instituti va Toshkent islom universitetida diniy va dunyoviy bilimlardan saboq olmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0