Internetda Brus Lining yagona jangi videosi paydo bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishInternet
Internet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rolikni ikki kun ichida sakkiz milliondan ortiq inson tomosha qilgan

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Internet tarmog‘ida Brus Lining aralash jang san’ati (MMA) qoidalari bo‘yicha yagona nusxadagi videosi e’lon qilindi. Noyob video Bruce Lee Central ning YouTube-kanalida omma e’tiboriga havola qilingan.

Gonkong shahri - Sputnik O‘zbekiston
Brus Li yon daftaridagi falsafiy yozuvlar ilk bor ommaga taqdim etildi
Filosofskie zapisi iz bloknota aktera Brusa Li vpervie uvideli svet

Daily Mail xabariga ko‘ra, videoda Brus Li o‘z shogirdi Ted Vong bilan jang qilishi tasvirlangan. Aytish joizki, Vong hozirga qadar AQShja sharq yakkakurashidan saboq berib kelmoqda.

Noyob kadrlar Kaliforniyadagi Brus Li tomonidan asos solingan Jit Kun-do maktabida suratga olingan.

Videoga qoldirilgan izohda ikki jangchi ham MMA qoidalariga muvofiq tarzda himoya liboslari va qo‘qoplarda jang qilishganlari aytilgan. Ammo Brus Li "yalang‘och qo‘l bilan jang qilishni afzal ko‘rganligi alohida qayd etilgan.

Ikki kun ichida rolikni yetti milliondan ortiq inson tomosha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0