O‘zbekistonda Peugeot Citroen zavodi bir yil ichida qurib bitkaziladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishRabochie v sexe svarki kuzovov avtosborochnogo predpriyatiya
Rabochie v sexe svarki kuzovov avtosborochnogo predpriyatiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zavodda Peugeo va Citroën brendlari ostida yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi. Korxona yiliga 16 ming dona avomobil ishlab chiqaradi

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive korxonasini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi, deb xabar beriladi prezident rasmiy veb-saytida.

Ushbu hujjat orqali O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Peugeot Citroen Automotive S.A. va "O‘zavtosanoat" AJ o‘rtasida tuzilgan, O‘zbekiston hukumati tomonidan UzPCA MChJga taqdim etiladigan xorijiy investorning muayan majburiyatlarini va davlat ko‘magi bo‘yicha chora-tadbirlarni aks ettiruvchi investitsiya bitimi tasdiqlandi.

Vistavka Citroen Creative Tour v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Pejo va Sitroyen avtomobillari ishlab chiqariladi

Hujjatga muvofiq, 2018-yil 1-mayga qadar investitsiya loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladi va shu bilan bir vaqtda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi.

Loyiha ishtirokchilari uchun qator soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalari taqdim etildi.

UzPCA MChJ qurilish davomida hamda ishga tushganidan boshlab 10-yil muddatga O‘zbekiston hududidagi barcha soliqlardan hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l fondiga majburiy ajratmalardan ozod qilindi.

Shu yilning 16-may kuni "O‘zavtosanoat" AK va Peugeot Citroen guruhi o‘rtasida O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi. Loyiha Jizzax viloyatidagi "Jizzax" EIZ hududida amalga oshiriladi. "Jizzax" EIZ hududida zavod qurilishi uchun 45 gektar yer maydoni ajratiladi.

Qo‘shma korxonaning ustav kapitali 29,3 million yevroni tashkil etadi. Loyiha bo‘yicha kiritiladigan umumiy investitsiyalar miqdori 133 million yevrodan ortiqroq.

Zavodda Peugeo va Citroën brendlari ostida yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi. Korxona yiliga 16 ming dona avomobil ishlab chiqaradi hamda avtomobillar O‘zbekiston va xorij bozorlarida sotiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0